Kambag‘allikdan farovonlik sari

Date:

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini kambag‘allikdan chiqarish bugungi kundagi muhim masalaga aylangan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan bo‘lib, xususan, Prezident qaroriga asosan yurtimizda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshirilmoqda.
Bu borada Surxondaryo viloyatida ham barcha darajadagi rahbarlar, ularning o‘rinbosarlari kam ta’minlangan, ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga biriktirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbariga Sherobod tumanidagi “Qo‘rg‘on” mahallasida yashovchi 5 ta oila biriktirilgan bo‘lib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Filial rahbari M.Tursunov va mutasaddilar tomonidan mazkur oilalarning yashash sharoitlari hamda muammolari o‘rganildi. Ularning birlamchi muammolarini hal etish, o‘zini o‘zi band qilishi uchun sharoit yaratish maqsadida mavsumiy issiq kiyimlar, maishiy texnikalar topshirildi. Shuningdek, oilalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarning bandligini ta’minlash farzandlarini fan va sport to‘garaklariga jalb qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun