Yubileyga hozirlik qizg‘in

Date:

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkaziladigan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida joriy yilning 17-18-oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ilmiy anjumanga puxta hozirlik ko‘rilayotir.
Anjumanda islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz bilan birga dunyoning o‘nga yaqin mamlakati, jumladan, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. Ushbu konferensiya dunyoda muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganishga qiziqish, intilish kuchliligidan dalolat beradi. Qolaversa, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitib, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to‘rtta sho‘bada bo‘lib o‘tadi. Unda Imom Termiziy va Hakim Termiziyning hayoti, ilmiy merosi, ularning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni, Imom Termiziyning “Sunan” nomli asarining o‘ziga xos jihatlari, Termiziy allomalar ilmiy merosi hamda ularning hozirgi kundagi ahamiyati singari mavzularda qiziqarli ma’ruzalar tinglanib, muhokama etiladi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida deklaratsiya qabul qilish, anjuman natijalarini to‘plam shaklida nashr etish kutilmoqda. Viloyatda nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun