Termizda OAV uchun saylovoldi matbuot anjumani tashkil etildi…

Date:

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda OAV vakillari ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zebo Alimardonova joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan so‘z yuritdi.


Shuningdek, tadbirda qayd etilganidek, hududiy saylov komissiyasi qarori bilan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta saylov okrugi tuzilgan bo‘lib, ularga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlaridagi 370 ta saylov okrugiga esa 1 850 nafar nomzod tasdiqlandi.
Viloyat hududida 865 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, ular uchun aholiga qulay bo‘lgan hamda talab darajasidagi sharoit va imkoniyatlarga ega binolar tanlab olingan. Komissiyalar a’zolari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularning malakasi oshirildi.


Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga Surxondaryo viloyatidan 1 million 437,171 nafardan ortiq fuqaro kiritilgan bo‘lib, ulardan 34 000 nafarga yaqini ovoz berishda ilk bor ishtirok etadigan yoshlar tashkil qilmoqda. Bundan tashqari 8393 nafari ayollar va erkaklar, keksalar tashkil etadi.
Matbuot anjumanida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Shuningdek, Termiz shahridagi 251-saylov uchastkasiga tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar saylovchilarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun