Qozog‘istondan xushxabar…

Date:

Yuragida o‘ti bor yigitlarimiz, albatta, o‘zlarini sportga ursalar, kuchlarini to‘g‘ri yo‘naltirgan bo‘ladilar. Kuchlari, qonlaridagi qiziqqonlikni mashg‘ulotlarda toblab, jang maydonlarida o‘zlarini ko‘rsatadilar, madri maydon bo‘lib, nom qozonadilar. Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida bo‘lib o‘tgan 2008-2009-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida professional boks bo‘yicha xalqaro turnirda ham ana shunday kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etdi.
Albatta, kurosasiz kechgan janglarda o‘z yurtining kuchli bokschilari o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun bo‘sh kelishmadi. Zo‘rlar ichra zo‘r chiqqan surxondaryolik sportchi, Jarqo‘rg‘on o‘g‘loni Asilbek Abdusamadov g‘oliblar qatorida bo‘ldi. Sportchi 75 kilogramm vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun