Ekoturizm ham rivojlantirilmoqda

Date:

Surxon vohasiga kelgan mehmon, albatta, qadimiy va milliy qadriyatlari qadr topgan zaminni olam-olam taassurotlar ila kezadi. Qayta va qayta kelishni ko‘ngliga tugib ketadiganlar ham yo‘q emas, buni vohaga bir-necha bor tashrif buyurgan turistlar bilan suhbat davomida bilib olish qiyin emas. Mehmonlar qadami uzilmaydigan vohada turizm salohiyatini oshirish vazifasi ko‘ndalang turadi. Zarur shart-sharoit va qulayliklarni yaratish, ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirish voha imkoniyatlarini yanada ko‘z-ko‘z etishga xizmat qiladi.
Ayni jihatlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning-da, diqqat markazida. Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, “Imomtepa” mahallasida tashkil etilayotgan ekoturizm maskanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida “Hisor” o‘rmon xo‘jaligi Sohilbo‘yi bo‘limiga qarashli ko‘lda zamonaviy ekoturizm maskani, Bobolochin mahallasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurish loyihalari taqdimot qilindi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari Besh qahramon mahallasida joylashgan eski bozor o‘rnida zamonaviy savdo kompleksi qurish loyihasi bilan ham tanishib, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Tashrif so‘ngida Yangiyer mahallasida yo‘lning muhofaza qismini tartibga keltirish, harakatlanuvchilar uchun qulayliklar yaratish, yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda hududdagi yo‘lni asfaltlash va yo‘lbo‘yi hududlarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun