Aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Date:

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi aviareys yo‘lga qo‘yilishidan xabaringiz bor. Ayni yo‘nalishda birinchi parvoz amalga oshirildi.
O‘zbekiston bo‘ylab ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida “Silk Avia” aviakompaniyasi “Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Birinchi reysda vohamizga tashrif buyurgan mehmonlarni Termiz xalqaro aeroportida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov boshchiligida sektor rahbarlari tantanali kutib oldi. Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari Alisher Meliqo‘ziyev boshchiligidagi mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tuman hokimi va sektor rahbarlari mehmonlar bilan suhbatlashib, voha va vodiyni o‘zaro bog‘lovchi aviareyslar orqali mahalliy sayyohlarning o‘zaro tashriflarini ko‘paytirish, ichki turizmni rivojlantirish imkoniyati yaratilaganligini qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun