Kuniga 8-10 ta…

Date:

Tikish-bichish ayol kishiga zeb beradi. Ishsiz, vaqtni bekor o‘tkazgandan ko‘ra yumush bilan band bo‘lish kishining o‘zi va o‘zgalarga-da naf keltiradi. Angorlik qo‘li gul chevar Nilufar Baratova ham yoshligidan tikish-bichishga mehr qo‘yib, qiyqimlardan u-bu kiyimlar tikib, keyinchalik bu hunarni puxta o‘rganib, tikuvchilikni o‘ziga kasb qilgan ayollardan. Bir necha yillardan buyon qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlarning buyurtmalari asosida kiyim-kechaklarini tikib yurdi. Qarasa, daromad yomon emas, shunda o‘z ishini kengaytirish haqida o‘ylab qoldi va hech ikkilamay kichik sex ochdi. 3 nafar o‘zidek tikish-bichishga usta ishsiz xotin-qizni yoniga olib, ishlay boshladi.

Tikuv sexida asosan bolalar va ayollar liboslari tikiladi. Qizlar bo‘sh o‘tirishmaydi, kuniga 8-10 ta buyurtmani tayyorlab, egasiga topshiradi. Qolaversa, tikish sirlarini o‘rganishni istaganlarni ham Nilufar ko‘ksidan itargani yo‘q. Bir nechta shogirdlari ham o‘qib, amaliyotda o‘rganganlarini sinab kelishayotir. Qahramonimiz o‘z ishini kengaytirsa, shogird qizlarni yoniga olib, ish bilan band qilishni o‘ylab qo‘ygan.

S.Normurodova


Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun