Migrantlar farzandlari maktabga imtihon asosida qabul qilinishi mumkin

Date:

Qaysidir davlatga, asosan Rossiya Federatsiyasiga ish izlab ketgan migrant borki, munosib ish o‘rni topib, o‘zi uchun shart-sharoit yaratgach, oilasini ham ko‘chirib kelishni o‘ylaydi, shunday qiladi ham. Oilaning ishga yaroqli a’zolari ishlashni boshlashsa, maktabgacha va mkatab yoshidagi bolalari esa bog‘chada tarbiyalanishni, maktabda o‘qishni davom ettirishi lozim. Shu o‘rinda eslatish joizki, tez orada migrant bolalar Rossiya maktablariga qabul qilinishidan oldin rus tilida imtihon topshirishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Irina Yarovaya ma’lum qildi:

— Maktablarga qabul qilinadigan bolalarning rus tilidan bilimini majburiy sinovdan o‘tkazish zarur. Shuningdek, bola maktabga borishdan oldin ham tayyorgarlikdan o‘tishi, qaysi tilda material o‘rganishi, o‘qituvchi va tengdoshlari bilan muloqot qilishini aniq bilishi kerak, — deydi u.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun