Xalqaro olimpiada sovrindori munosib kutib olindi

Date:

Italiya davlatida Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Albatta, til biluvchi yoshlar uchun qizg‘in shartlarga boy kechgan olimpiada unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Yutuqlar va muvaffaqiyatlar esa yo‘ldoshi bo‘ldi.

Ana shunday iqtidorli yoshlar orasida Denov tumanidagi 74-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev ham bor edi. Mirabrorning munosib ishtiroki, bilim va mahorati esa unga pand bermadi, balki 3-o‘rinni egallashiga xizmat qildi. Bu yomon natija emas,  64 ta davlat ishtirokchilari orasida qayd etilgan bu natija Mirabror singari uning ustozlari va oilasini, qolaversa, yurtdoshlarini ham quvontirgani rost.

Mirabror Rajabboyev viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, maktabdoshlari, ota-onasi va yaqinlari tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mirabrorni ushbu yutuq bilan qutlab, kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi va uning ota-onasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun