Faxriy murabbiylar holidan xabar olindi

Date:

Ustozni yo‘qlash uchun bayramni, qandaydir sanani kutish shart emas. Yo‘qlov dildan bo‘lishi kerak. Buni sezgan insonning-da quvonchi mehmonnikidan kam quvonmaydi. Albatta, har birimizning hayotimizda ustozlarimizning o‘rni nihoyatda katta, xizmatlari esa buyuk. Ularga har qancha minnatdorchilik bildirsak, ozdek nazarimizda.

Surxondaryo viloyati MMTB boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ta’lim sohasida ko‘p yillar xizmat qilgan ustozlarni yo‘qlab, ularning xonadonida bo‘ldi, dildan suhbat qurdi. Faxriy ustozlar bilan suhbat qiziq kechdi.

Darhaqiqat, bugun o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan davr keldi. Murabbiylik kasbi ulug‘lanib, qadr topdi. Bugungidek shart-sharoitlarda ishlashni, kelajak avlodga ilm berishni armon ila aytayotgan faxriy ustozlarning shijoati bugun ham hech birnikidan kam emas. Shuningdek, uchrashuv davomida o‘tgan davrlar tilga olindi. Faxriy ustoz-murabbiylarga sovg‘a-salomlar ulashildi. Qo‘llar duoga ochilib, yurtga tinchlik va xalqimizga farovonlik tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun