“Ma’rifat ulashib”

Date:

Viloyatimiz markazidagi Sa’nat saroyida TerDU rektori A.Toshqulov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam hamda sevimli ijodkorlarimiz: Olimjon Davlatov, Xurshid Abdurashid bilan talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy qismi oldidan talaba-yoshlarga Erkin A’zamning “Zabarjad” qissasi asosida suratga olingan shu nomdagi film namoyish etildi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi ijodkorlarimiz bilan qator tadbirlar tashkil etish belgilangan. Ana shunday muloqotlarda o‘zbek adabiyotida voha maktabining o‘ziga xos jihatlari, namoyondalarining shaxsi, ibratli hayot yo‘llariga nazar tashlandi. Mushoira kechasi ko‘rinishini olgan tadbirda, ustozlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi, o‘z o‘rnida yosh qalamkashlar  ham iste’dodlarini namoyon etishdi.

Tadbir davomida elimiz ardog‘idagi ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, loyiha doirasida TerDUda bo‘lgan ijodkorlar oliygohdagi matbuot va axborot xizmati bo‘limi, registratsiya ofisi faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Mehmonlar joriy o‘quv yilidan boshlab Termiz davlat universitetida ochilgan jurnalistika ta’lim yo‘nalishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilanligini ta’kidlashdi. Ijodkorlar oliygoh kampusi bo‘ylab talabalar va tadqiqotchilarga yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun