“Bahoriston” yoshlari birinchi

Date:

Sport jismoniy chiniqtirsa, ruhiyatimizni-da ko‘taradi. Ichki yengillik his etamiz. Hayotga qarashlarimiz o‘zgaradi. Dangasalik chekinadi. Agar ishonmasangiz, qaysidir sport turida o‘zingizni sinab ko‘ring. Ayniqsa, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan sport turlari yanada zavqli.

Bandixon tumani “Bandixon” mahallasida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun mahalla yoshlari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan tuman bosqichi musobaqalari ishtirokchilarga ana shunday ta’sir qildi.

Musobaqada 17-30 yosh toifasidagi jamoalar ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan bellashuvlarning finalida “Bahoriston” va “Bandixon” mahallalarining yoshlari jamoalari kurash olib bordi. “Bahoriston” mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egallab, musobaqaninh viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yakunda go‘lib jamoalarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun