Universal sport maydonchasi bunyod etildi

Date:

Sport bilan shug‘ullangan inson jismonan sog‘lom baquvvat bo‘ladi. Shuning uchun ham sport salomatlik garovi deya olamiz. Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilib, sportga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning sportga jalb qilish, sport musobaqalari orqali yoshlarda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, sportning barcha turini ommalashtirish borasida viloyatimizning tuman hamda chekka hududlarida spot maydonchalari tashkil etilmoqda. Jumladan, Sherobod tumanining “Kattahayot” mahallasida universal sport maydonchasi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, bayramona tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i, tuman xokimligi hamda mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...

TerDU jamoasi “Alpiniada”da yetakchi

Tog‘ bag‘riga oshiqib chiqish, balandlik sari intilish — bu...
KunTun
KunTun