Endi kambag‘allikka o‘rin qolmaydi…mi?

Date:

Kambag‘allik aslida ishsizlik, bilim darajasining pastligi, farzandlar ta’lim-tarbiyasiga yetarlicha e’tibor bermaslik natijasida kelib chiqadigan illat, desak adashmaymiz. Biroq kambag‘allik toifasidagi fuqarolarni davlat hech qachon tashlab qo‘ygan emas, aksincha, ularni doimiy tarzda qo‘llab kelinayotir. Maqsad esa ular ham jamiyatda o‘z ornini topishi, halol mehnati ro‘zg‘or tebratib, faol fuqarolik pozitsiyasi bilan yashashiga turtki berishdir.
Prezidentimizning Farmoniga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Kambagʻal oilalar reyestri” shakllantiriladi. Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish ishlari natijalariga asoslanadi.
Shu hisobda keyingi yilning 1-yanvaridan:
— kam taʼminlangan oila farzandlari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda, ushbu nafaqa va moddiy yordamni toʻlash ularning muddati tugagunga qadar davom ettiriladi (biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga
— mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi
— kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatilishi ham belgilandi.
Yana bir muhim jihatni alohida ta’kidlash joizki, kambag‘al oilalarning farzandlariga yanada qulaylik yaratish ularning ham jamiyatda muayyan kab-hunar egallab, daromadini oshirish maqsadida besh yil muddatga noutbuk olib, faoliyat boshlashlari, o‘qib o‘rganishlariga yordam bo‘lsin degan maqsadda hech qanday garov va foizlarsiz qarz ajratiladi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun