Qizlar kurashdi

Date:

Mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor va talab kuchayib borayotganligi barchamizga ma’lum. Eng avvalo, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish hamda ommalashtirish, shu orqali aholining barcha qatlami salomatligini mustahkamlash uchun qulay imkoniyat bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lumki, mamlakatimizda so‘ngi yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritib, olimpiadalarda qatnashib, nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimizning soni tobora ortib bormoqda. Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumanida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan qizlar hamda 2011-2012-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smir qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad yosh o‘sib kelayotgan qizlarni sportga jalb qilish, sport musobaqalari orqali yoshlarda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, kurash milliy sport turida gender tenglik tamoyillariga rioya qilish va kurash milliy sport turini ommalashtirishdir.
Shuningdek, musobaqaga viloyatimizning barcha tumanlaridan milliy kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchi 300 nafardan ortiq kurashchi qizlar ishtirok etdi. G‘oliblar musobaqa so‘nggida munosib taqdirlanishdi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun