Tayyorgarlik qanday?

Date:

Tobora kunlar salqinlashib, ha-demay qish eshik qoqishini ogohlantirib turganday. Qish-qirovli kunlarga aholi qanday tayyorgarlik ko‘rgan. Mutsaddilarchi? Elektr energiyasi, gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olishdimi? Ayni savollar kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rishni talab etadi.
Ayni jihatlarni inobatga olgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tashkilot va boshqarmalar boshliqlari hamda hududiy studiyalardan aloqador mas’ullar ishtirokida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan hozirlik masalasi muhokama qilindi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ham ishtirok etdi.
Xususan, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, zaxiralarni jamg‘arish borasida olib borilayotgan ishlar sohalar va hududlar kesimida tahlil qilindi. Sektorlar rahbarlari va mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Har qanday ob-havo sharoitlariga tayyor turish, energotizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga muqobil yoqilg‘i mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini yakunlash topshirig‘i berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun