Jadidlarni o’rganish jadallashdi

Date:

Jadidchilik va jadidlar hayotini o‘rganishga bugun katta e’tibor qaratilib, bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan jaded bobokalonlarimiz tomonidan chop etilgan ilk Oyina nashri qayta tiklanib, ayni vaqtda oyina.uz portal ham faoliyat yuritmoqda, respublika miqyosida chiqarilayotgan “Jadid” gazetasi ham ayni sohadagi islohotlarning uzviy davomidir. Maqsad esa jadidlar hayoti va ijodini, faoliyatini, millat ravnaqi uchun qo‘shgan hissasini o‘rganish va yosh avlodga o‘rgatishdan iboratdir. Ayni shu maqsadda Jarqo‘rg’on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalariga asosan tadbirlar tashkil etib borilmoqda.
Navbatdagi shunday tadbirlardan biri tumandagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Teatr bu ibratxonadir” haftaligi doirasida “Jadidlar izidan” nomli tadbir oʻtkazildi.
Unda o‘quvchi-yoshlar tomonidan bobakalonlarimizni o‘lmas merosi muhokama qilinib, sahna ko‘rinishlari orqali siymosi gavdalantirildi. Jadidlarni yoshlarga tanitishda mana shunday tashabbuslarning ahamiyati yuqori, albatta.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun