Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti fosh etildi

Date:

Tanimiz sog‘-salomat bo‘lishi uchun, uzoq umr ko‘rish uchun, albatta, sog‘lom turmush tarziga amal qilamiz. Foydali va vitamizlarga boy bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilishga harakat qilamiz. Ammo iste’molimizdagi barcha mahsulotlar ham sifatlimikan? Afsuski, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin ravishda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarib kelayotganidan bilish mumkinki, bu savolga to‘laqonli “ha” deb javob bera olmaymiz.Ayni noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan “tadbirkor” sexidan 1 020 kilogramm texnik chigit, 448 litr qora rangli yog‘ga o‘xshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tozalik — hammamizning burchimiz

Tabiat faqatgina go‘zalligi bilan emas, balki unga bo‘lgan munosabatimiz...

Vatan oldida va’da

Surxondaryoda yoshlar uchun yangi bosqich boshlandi. Prezidentimizning 2024-yil 15-noyabrdagi...

Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish...

Sherobod tajribasi ommalashadi

Ta’lim tizimida belgilangan eng muhim vazifalardan biri — maktabgacha...
KunTun
KunTun