Boshqarma boshlig‘i Novosibirsk ta’lim vaziri bilan uchrashdi

Date:

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Novosibirsk ta’lim vaziri Mariya Jafyarova bilan uchrashdi.Unda ikki davlat ta’lim tizimidagi islohotlar borasida so‘z olib borildi. Xususan, Surxondaryoda oxirgi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida erishilgan ijobiy natijalar xususida delegatsiya vakillariga ma’lumot berildi. Novosibirsk mas’ullari taklifiga ko‘ra, rossiyalik malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali surxondaryolik pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha ishlar tashkil qilish haqida aytib o‘tildi. Ushbu taklif yuzasidan boshqarma boshlig‘i tegishli tartibda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda rejalar taqdim etilishini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun