Elektron navbat asosida…

Date:

Salomatligimiz uchun har doim qayg‘uramiz. O‘z navbatida, tibbiy yordam olish konstitutsion huquqimiz. Qolaversa, yurtimizda tibbiyot sohasiga alohida e’tibor qaratilib, aholi salomatligini asrash, kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Fuqarolar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega ekanligi ham eng yaxshi qulaylik bo‘ldi. Bu borada qabul qilingan Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilar, Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to‘lagan shaxslar, voyaga yetmaganlar, ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali stasionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo‘ladi.
2027-yil 1-yanvardan so‘nggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘laganlar uchun davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun