Muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi

Date:

Bugun xotin-qizlarga uy bekasi, bola tarbiyasiga mas’ul va mahkum sifatida qaralmaydi, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun qo‘llab-quvvatlanadi, kerakli yordam ko‘rsatiladi. “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarorining (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilinishi esa ayni sa’y-harakatlar yo‘lidagi muhim bir qadam vazifasini o‘tayotir.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushiriladi. Muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta’minlanadi.
2024-yil 1-oktyabrgacha muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi. Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni ta’minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun