Yoshlar daftari — imkoniyatlar daftari

Date:

Ishsizlikning oldini olish uchun har bir inson o‘ziga munosib baho berishi kerak. Nimalarga qodir, qanday ish qo‘lidan kelishi, qiziqishlari-yu, qandaydir ixtisoslik va hunarga ega ekanidan kelib chiqib harakatni boshlasa, albatta, maqsadga yetish oson bo‘ladi. Ayniqsa, vohamizda qishloq xo‘jaligi sohasi rivoj topganidan bilsa bo‘ladiki, har bir yosh yoki ish boshlovchi kattalar tajribasi va tavsiyasi bilan halol mehnat bilan band bo‘lishi, mo‘may daromad topishi ham mumkin. Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-6867721) muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida yosh dehqonlar kuch-g‘ayrat bilan ishga kirishgan. Oltinsoy tumanida ham ushbu qaror asosida yoshlarga 70 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo‘lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makkajo‘xori, karam , gulkaram kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Yoshlarning mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Sanjar Diyorov ham boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun