Terimchilar rag‘batlantirildi

Date:

Paxta yig‘im-terim mavsumi ham ayni qizg‘in tus olgan paytda ba’zi ilg‘or fermer xo‘jaliklari rejani allaqachon ortig‘i bilan bajarib bo‘ldilar. Shu jumladan, Muzrabot tumanida ham barcha fermer xo‘jaliklarida paxta yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir ilg‘or terimchilar kuniga 100-130 kilogramdan paxta terishmoqda. Paxta terish orqali oilaviy byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirmoqda. Shuningdek, terim pullari ham o‘z vaqtida berib borilmoqda.
Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tumanning “Qo‘rg‘irot Jayhun” hududi “Bobomeros Qo‘ng‘irot” fermer xo‘jaligining paxta dalasida paxta terimchilari bilan suhbatlashib, yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Ilg‘or terimchilar tuman hokimining sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun