Jo‘ra bobo 100 yoshda

Date:

Qarisi bor uyning parisi bor deyishadi. Haqiqatan ham, uyimizda bobo-momolarimiz bo‘lsa, ularning pur-ma’no hikmatlari, tavsiya va nasihatlari, o‘gitlari bilan farzandlarimiz kamolga yetsa, duolari ila xonadonimiz fayzli, nurli qiyofa kasb etadi. Albatta, keksalarni e’zozlash – har birimizning burchimizdir.
Xalqimizda azal-azaldan keksalarga hurmat-e’tiborda bo‘lish, ularni asrab-avaylab, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish insoniylik xususiyatlaridan biridir. O‘zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismi va uni avlodlarga yetkazish an’anadir.
An’analarimizni davom ettirish maqsadida, Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tumandagi katta hayot tajribasiga ega “Alpomish” mahallasida yashovchi, roppa-rosa 100 yoshni qarshilagan Jo‘ra bobo Sheraliyev bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi. Otaxonni tavallud ayyomi bilan tabriklab, to‘n kiydirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun