Maktab oshxonalarida holat qanday?

Date:

Farzandingizga maktabga ketayotib, tushlik qilishi uchun pul tutqazasiz. Ammo hech nimalar olib yeyishini so‘raganmisiz? Albatta, bugungi kunda sevib iste’mol qilinadigan fastfudlardan gamburger, chizburger, xot-dog, “kirieshki”, “xrustyashki”, chips tanlovini qilishlari, energetik va gazlangan ichimliklarni olishi aniq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu turdagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, ular yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Xususan, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga ko‘ra, maktab oshxonalarida go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar), sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari, sun’iy konservantlari bo‘lgan “kirieshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar hamda rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar, ?? pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik noxush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlarning tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas.
Albatta, bunday mahsulotlar organizm uchun zarar bo‘lsa borki, aslo foyda emas, immunitetni tushirishi, ortiqcha vazn to‘plashga xizmat qilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun