Bayram munosabati bilan…

Date:

Mustaqillik bayrami hurlik, erkinlik tantana qilingan kundir. Ushbu sanani har yili o‘zgacha va yuqori kayfiyatda nishonlaymiz. Bayram doirasida insoniylik, saxovatpeshalik harakatlarini-da amalga oshiramiz. Zotan, ushbu sana insonlar qalbida o‘ziga xos tarzda muhrlanib qolsin.
So‘z isboti bilan deganlaridek, bayram arafasida bir guruh mahkumlar afv etildi. Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak beriladi.
Shu munosabat bilan Jarqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A. Berdinazarov “Kamar”, “Bobotog‘” va “Yangiusul” mahallalarida bo‘lib, afv etilgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun