Energiya tejamkor xonadonlar soni ortmoqda

Date:

Elektr energiyasidan foydalanishda limit belgilangani ko‘pchilikni tejamkorlikka o‘rgatdi. To‘g‘ri-da, kimga ham ko‘tarilgan narxda to‘lov qilish yoqardi. Qolaversa, energiya tejamkor manbalari ham keng joriy etilmoqdaki, bu ham aholi uchun katta qulaylik tug‘diradi. Sho‘rchi tumanida ham energiya samaradorligini oshirish orqali hududlarda energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
– Shu paytgacha uyimizda elektr energiyasi ta’minotida tez-tez uzilish bo‘lib turardi, – deydi Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi Baxtiyor Karimov. – Endi umid qilamizki, xonadonimizda chiroq o‘chmaydi. Uyimizni yoritish, telefonlarimizni quvvatlantirish, televizorni bemalol ishlatish imkoniyatiga egamiz. Quyosh paneli qishki mavsumda ham elektr energiyasini bir maromda yetkazib berishi tufayli nafaqat xonadonimiz ehtiyojini qoplaydi, balki oshiqcha energiyani sotish imkoniga ham ega bo‘larkanmiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun