Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratiladi

Date:

Xalqaro TURKSOY forumi doirasida “Madaniy merosni saqlashda kinoning o‘rni” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi mul`timedia bloki uchun tayyorlangan “Arab tili evolyutsiyasi”, “Masjid”, “Sehrli ko‘za”, “Baqtriya tarixi”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari” “Muxtor Avezov” videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, TURKSOY forumining OAV faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda OAVning o‘rni, bundan tashqari OAVning madaniy merosga o‘zaro ta’siri, kontentni birgalikda ishlab chiqarishning qiyinchililari va imkoniyatlari, turizm va milliy brendingni rivojlantirishda OAVning roli, turkiy dunyo mamlakatlari kino va OAV uchun yagona platforma yaratish masalalari kabi mavzular muhokama qilindi.
Forum so‘nggida Turk tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun