2025-yil hosili uchun…

Date:

Qish g‘amini yozda ye” deganlaridek, xalqimiz ertangi kuni haqida qayg‘uradi va kerakli tadorlikni ko‘rib qo‘yadi. Shu jumladan, keyingi yil bug‘doydan mo‘l hosil olish uchun hozirdanoq tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan. Shu jihatdan, Sherobod tumanida 2025-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini qisqa muddatga sifatli qilib ekib olish uchun kengaytirilgan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.


Tumanning o‘zida jami 10 700 gektar yer maydoniga boshoqli don ekini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1 475 gektar ochiq maydonlarga, 9 225 gektar g‘o‘za qator oralariga ekilishi belgilab olindi. Ushbu 10 700 gektar yer maydonlarini ekish uchun tumandagi malakali mutaxassislardan 16 ta otryad rahbari shakllantirilib, ularga g‘alla ekish selkalari biriktirilib, kerakli vazifalar tushuntirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun