Oqila ayollar taqdirlandi

Date:

Ayolning oila tutumi, farzand tarbiyasi bilan bir qatorda jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekani bilan tahsinga sazovor. Ha, bugun ayollar bilan yelkama-yelka turib, barcha jabhada o‘zini ko‘rsatib, nimalarga qodir ekanini namoyon etayotir. “Oqila ayollar” harakati esa ayolning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatib berishda, oilalarning mustahkamligini ta’minlashda beminnat va xolis xizmatda, harakatda bo‘lib kelishayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi viloyat rahbari Z.Xidirova, Termiz shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi shahar rahbari G.Rahmonova, shahar hokimligi xodimlari, Shoxida Aripova, Rayhona Raximova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 437-sonli qarori qabul qilinganligining 2 yilligi munosabati bilan Termiz shahar hokimligi zalida “Baxtli oila – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’rifiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan “Oqila ayollar” harakatining eng faol, a’zolaridan 45 nafari respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyevaning tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun