Imkoniyati sinovdan o‘tdi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deya e’tirof etilgan. Bu bilan mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol a’zosi sifatida barcha sohalarda keng qamrovli ishtirok etishi huquqini kafolatlanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtirokini inobatga olgan holda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2019-yil 1-maydan Nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tashkil etildi. Tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda ko‘maklashish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga ko‘maklashish; norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga ro‘yxatdan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.
Mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xurmat, ehtirom, e’tibor ana shunday ishonchdan oqilona unumli foydalanayotgan tadbirkor ayollarimiz davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvatlashi va o‘zlarinig tirishqoqliklari bilan yuksak natijalarga erishishmoqda. Jumladan, O‘zLiDeP Bandixon tumani Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan 20 nafardan ortiq tadbirkor, fermer, hunarmand, ishlab chiqarish sohasi vakillaridan o‘z imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
Bu jarayonda ishtirokchi xotin-qizlarning zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rini yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishni qay darajada yo‘lga qo‘ygani, partiya tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlardagi faolligi, o‘z faoliyatida uchrayotgan to‘siq va g‘ovlarni qay darajada bartaraf eta olayotganiga e’tibor qaratildi. Tumanimizda tadbirkor ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi, – deydi O‘zLiDeP Bandixon tuman Kengashi apparat-rahbari Bahrom Yo‘ldoshev. —“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ular safini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu tanlov orqali yangi-yangi loyihalar amaliyotga tatbiq etilib, aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlar kashf etilmoqda. Shu orqali zamonaviy ishbilarmon ayollar qiyofasi yaratilyapti.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Gulbog‘” mahallasidan Ayollar va bolalar salomatlik markazini ishga tushirgan “Sarvinozxon va Salomatxon” oilaviy korxona rahbari Nodira Yodgorova egalladi. 2-o‘rin “Bektepa” mahallasidagi “Nozima Normurodovna” oilaviy korxona rahbari Mavluda To‘raboyevaga, 3-o‘rin yakka tartibdagi tadbirkor Lobar Qo‘ldoshevaga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari partiya viloyat kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.

Dinara Qo‘zimurotova

Oldingi sahifaOqila ayollar taqdirlandi
Keyingi sahifaEng og‘ir yuk

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanparvarlik vujudimizda

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z...

“QALQON” HARBIY QISMDA

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi...

Talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va...

Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan...
KunTun
KunTun