Vazir o‘rinbosari TerDUda

Date:

Yangi o‘quv yili oldidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Termiz davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab, yangidan qurilgan ilmiy markazda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan mazkur markaz professor o‘qituvchilar va talabalar uchun katta ilmiy maydon bo‘lishi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, markazda neft va gaz kimyosi, polimerlar va qurilish-kompozitsion materiallar, fizik-kimyoviy tadqiqotlar, agro-eko monitoring va agrotexnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyalari hamda mahsulotlar sifatini baholash va sertifikatlash bo‘limi faoliyat olib boradi. Bunda talaba va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qilish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, tijoratlashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Shundan so‘ng, oliygohda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi va KPI tizimining taqdimoti bilan tanishildi. Vazir o‘rinbosariga universitetda tashkil etilgan Jalinga videostudiyasining imkoniyatlari tanishtirildi. Yakunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun