Navbatdagi 12 nafar shaxs fuqarolikka ega bo‘ldi

Date:

Yurtimizda o‘zbeklar bilan bir qatorda boshqa millat vakillari bo‘lmish tojiklar, turkmanlar, rus va tatarlar ham uzoq yillardan buyon yonma-yon, qo‘ni-qo‘shni, qardosh, qarindosh bo‘lib yashab keladi. Ularning bu yerda qo‘nim topishlarining turli sabablari bor, albatta. Ammo fuqarolik masalasi yaqin yillargacha muammo bo‘lgani rost.
Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limida ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotgan, ammo fuqarolikni ololmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi ID kartalarini topshirish yuzasidan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Termiz tumanida istiqomat qilib kelayotgan, fuqaroligi bo‘lmagan 12 nafar shaxsga “Yashaganlik faktini” tasdiqlash bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston fuqaroligi berilib, ularga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti – ID kartalar tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun