“Probatsiya oyligi” doirasida

Date:

Sport har qanday yoshning vaqtini mazmunli o‘tishiga xizmat qiladi, kayfiyatini ko‘tarib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Ba’zi yoshlarimizda esa ayni o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetishmaydi. Shu sababdan ham ularni sportga oshno etish, yolg‘iz emasliklarini anglatish juda muhim. Uzun tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida probatsiya hisobida turuvchilar bilan sport musobaqalari tashkil qilindi.
Respublikamizda hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkzilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida Uzun tumani prokuraturasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman Ichki ishlar boʻlimi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarida Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida roʻyxatda turgan yoshlar va xotin-qizlar o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini ishga soldilar. Musobqa qiziqarli va unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Asosiysi, g‘oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun