Sportchilarimiz Nukusda…

Date:

Sport musobaqalari yoshlarni chaqqonlikka, epchillikka o‘rgatadi. Vaqt, berilgan topshiriqni hisobga olgan holda harakatlanish, qolaversa, jamoaviy tarzda ishlashga o‘rganishadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Quvnoq startlar” sport musobaqasi ham xuddi shunday. Ushbu sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda jamoalar bor mahorat va tayyorgarliklarini namoyish etdi. Murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Angor tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. G‘oliblar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahriga jo‘nab ketishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun