TerDUda Yapon tili markazi tashkil etiladi

Date:

Til o‘rganishning foydasi nihoyatda katta. Buni bilgan yosh-u keksa til o‘rganishga kirishgan. Bir necha tillarni o‘zlashtirganlar ham oramizda ko‘pchilikni tashkil etadi. Birinchi navbatda, til bilish o‘sha tilde so‘zlashadigan davlatlarga borish, o‘qish, ishlash, yashash imkonini beradi. Bu esa bilim, tajriba almashishga sharoit yaratadi. Shu sababdan ham oliy o‘quv dargohlarida xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, xorijiy tillarni o‘sha tilde so‘zlashuvchi mutaxassislardan o‘rganish amaliyoti joriy etilayotir.
2023-yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyasining Yaponiya davlatiga qilgan tashrifi davomida turli sohalarda qator kelishuvga erishilgan edi. Shunga ko‘ra, kun chiqar mamlakatning ishbilarmonlari viloyatimizga qiziqishlari ortib boshladi va ulardan bir guruhi hamkorlik uchun vohamizga tashrif buyurdi.
Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi “Support Organization for Advanced Foreign Students Co., Ltd” (SOAFS) kompaniyasi rahbari Junichi Nakamurani qabul qildi. Uchrashuvda ilm-fan va texnologiya sohasida yaqindan hamkorlik qilish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Yakunda Termiz davlat universitetida yaponiyalik mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy va mahalliy kompaniyalar uchun tajribali kadrlar tayyorlaydigan Yapon til markazini tashkil etishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

542 million so‘mlik aliment undirildi

Voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti va qonuniy huquqlarini himoya...

Hashar: qadriyatlarga sadoqat namunasi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda mahallalarda...

Uch avlod uchrashuvi — ma’naviyat va vatanparvarlik maktabi

Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga...

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...
KunTun
KunTun