Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Date:

Har birimizning yashash uyimiz vatan ichra kichik bir vatanga qiyoslanadi. Albatta, bu vatanning devorlar bilan chegaralangan nuqtalari unga egalik qilish huquqini beradi. Undan tashqaridagi hudud esa daxlsiz bo‘lib, bu yerlar davlatnikidir. O‘z ixtiyorimizdagi yerdan istagan maqsadda foydalanishimiz mumkin. Ammo davlat yerining bir qarichidan ham so‘roqsiz, ma’lum ruxsatnomasiz foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan tumanning “Qorayontoq” mahallasi hududida yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 0,0012 gektarni egallab olib, 12,8 kv.metrdan iborat bostirma va tandirxona binolarini qurib olganligi holati aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqaroning noqonuniy qurilmalariga nisbatan O‘z Res MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan. Shundan so‘ng, noqonuniy qurilgan qurilishlar fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun