Singapur tajribasi endi o‘zimizda…

Date:

Ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yoshlarni ta’limga jalb etish, qiziqtirishda yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham ta’lim tizimining jonkuyarlari borki, yurt egalari bo‘lmish yoshlarning bilimli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayishlari uchun bor imkoniyatlarni ishga solishayotir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 29-maydagi 177-son buyrug‘iga asosan Singapurning “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda maktab boshqaruv tizimini yaxshilash, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida respublika miqyosida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Ushbu treninglarda viloyatimizdan jami 25 nafar professor-o‘qituvchi hamda rahbarlar Singapur tajribasi bo‘yicha trener-koordinator va master-trener sifatida ishtirok etishdi. Mazkur treninglarda tayyorlangan master-trener va trener-koordinatorlar yordamida tuman (shahar)lardan tanlab olingan tajribali 51 nafar maktab direktori, 50 nafar matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha 52 nafar, jami 153 nafar mentor-o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha joriy yilning 5-10-avgust kunlari “kaskad” usulida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida umumta’lim maktablari direktorlari, matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilarini o‘qitish bo‘yicha treninglar tashkil etilmoqda.
Treninglardan ko‘zlangan maqsad umumta’lim muassasalari direktorlarining menejerlikka oid bilim va ko‘nikmalarini, liderlik xususiyatlarini, o‘zgarishlarni boshqarish mahoratini rivojlantirish, xususan, Singapur misolida yuqori sifatli taʼlim tizimini tashkil etuvchi asosiy elementlar bilan yaqindan tanishtirish, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish, direktorlarning liderlik mahorati va kasbiy kompetentligini muntazam rivojlantirish hamda tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha savodxonligini oshirish, Ilmiy jarayon ko‘nikmalari va so‘rovga asoslangan ta’lim (SAT), shu jumladan, an’anaviy ta’limning egizak xatoliklari, tabiiy fanlarni o‘rganishda bilim, ko‘nikma va munosabatlarni farqlashga doir kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanparvarlik vujudimizda

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z...

“QALQON” HARBIY QISMDA

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi...

Talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va...

Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan...
KunTun
KunTun