Ota-onalar qulaylikdan mamnun

Date:

Ayni damda Termiz shahrida joylashgan Surxon sport majmuasi binosida oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish maqsadida abituryentlar uchun test topshirish sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonda qatnashayotgan yoshlar hamda ularning ota-onalari his-hayajonda. Buni ularning yuz-ko‘zlaridan sezish mumkin.
Imtihon jarayonlarini kuzatib, uni adolatli, shaffof tarzda o‘tayotganiga amin bo‘lish mumkin. Abituriyentlar uchun ham, ularning izidan kelgan, ota-onalari uchun ham barcha qulayliklar yaratilgani kishini quvontiradi. Bir necha yil avval issiqda, pana, soya joylar qidirib, farzandini kutgan ota-onalar bugungi kunda salqin va shinam joylarda kuzatuv manitoringi orqali test sinoviga ishtirok etayotgan farzandini kuzatgan holda o‘tiripti. Bunday e’tibor, yaratilgan shart-sharoit ota-onalarni quvontirayotir.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun