O‘z ishidan mamnun

Date:

Ba’zi fuqarolar osh bo‘lsa-yu, ish bo‘lmasa, qabilida ish tutishni, yengilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tishni afzal bilishadi. Shu sabab ham taklif etilayotgan ish o‘rinlarining maoshi to‘g‘ri kelmaydi, to‘g‘ri keladigan maoshlik oylikka esa ularning malakasi… Qiziq-a? Bu ishyoqmaslikning, dangasalikning qaysi pog‘onasiki, mehnat qilib, ayni javlon urish yoshida ish tanlasak, kamchilik qidirsak.
Sog‘lom, tinim bilmaydigan yoshda ba’zilar xarxasha qiladigan paytda ba’zi nogironligi bor insonlarning o‘zini foydali mehnatga urib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga tirishayotganini ko‘plarga o‘rnak qilib ko‘rsatsak arziydi. Tumanning “Xo‘janqon” mahallasida yashovchi nogironligi bor fuqaro Nusratullo Karimov 5 yildan buyon ishsiz edi.
Uyiga ijtimoiy xodimlar kelib, vaziyatni o‘rgand-yu, ahvol tamoman o‘zgardi. Unga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ish borligini aytib, hujjatlarimni ARGOS orqali topshirib berishdi. Suhbatdan ham o‘tdi. Bugungi kunda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatida ishlayotgan qahramonimiz o‘z ishidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun