Somonpoya qoldiqlarini yoqishga chek qo‘yildi

Date:

Ba’zan ekologiyani asrab-avaylash haqidagi chiqishlarimiz, targ‘ibot-tashviqotlarimiz odamlar qulog‘iga yetib bormayaptimi yoki bila turib, qasdma-qasdiga ish olib borishyaptimi? Aks holda bug‘doy dalalaridagi somonpoyalar yoqib yuborilmagan, cho‘l zonalardagi yantoqzorlarga o‘tib sifatida qaralib, tag-tomiri bilan qo‘porib olinmagan bo‘lardi. Ayni jihatlardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoq faollari hamda aholi vakillarining murojaatiga sabab bo‘layotgan somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborish holatlari soha mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida Sherobod tumanining “G‘o‘rim gilambop” mahallasida faoliyat yurituvchi “Po‘latov- Dilshodbek Mirzo Azizbek” fermer xo‘jaligi dala maydonida somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborish holati qayd etildi. Mazkur holatni sodir etgan fuqaro S. H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobari 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, ushbu holat ortidan tabiatga 658 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undiruvga qaratildi.
Ana shunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida doimiy ravishda tungi kunduzgi reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Oldingi sahifaBolajonlar ardoqda
Keyingi sahifaO‘z ishidan mamnun

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun