Tez tibbiy yordam stansiyasi foydalanishga topshirildi

Date:

“Tashabbusli byudjet” loyihasi bugun ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘layotir. Qachon byudjetdan mablag‘ ajratiladi-yu, muammo hal etiladi deb emas, balki soha xodimlari yoki xalq tashabbusi, ovozi bilan har qanday loyiha qo‘llab-quvvatlanishi barcha sohalarni o‘zgarishlar, rivojlanishlar sari yuz tutishga xizmat qilayotir. Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga qarashli Angor tumani tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi qurilishi uchun “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali ovoz to‘plangan edi. Ushbu loyiha ham g‘oliblar safida bo‘libib, 1 milliard 340 million so‘m mablag‘ qo‘lga kiritilgan edi. Ushbu mablag‘ maqsadli sarf etilib, yangi tez tibbiy yordam stansiyasi binosi barpo etildi.
Binoning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom safarov, tuman hokimi Qosim Mardonov, soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Ushbu Tez tibbiy yordam stansiyasidagi brigadalarda malakali tibbiyot xodimlari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, tadbir yakunida “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi tez tibbiy yordam stansiyasiga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun