Memorandum imzolandi

Date:

Vohamiz nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun xos va mos hudud, balki chorvachilik uchun ham qulay. Iqlim sharoiti, ham yetarli oziq mahsulotlari mo‘l, arzonligi ham ularni semirtirish, ko‘paytirish uchun ayni muddao. Bunday jihatlar xorijlik investorlarni ham bee’tibor qoldirmadi. Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda Surxondaryoga tashrif buyurgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro proccessing group” MChJ bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ushbu loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligiga asosan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun