Sifatli va samarali…

Date:

Bugun aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash birinchi o‘rinda. Buni tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishloar misolida ko‘rish, kuzatish mumkin. Chekka-chekka hududlar, qishloq va ovullarda ham shaharnikidan kam bo‘lmagan shart-sharoit, qulaylik yaratilayotgani fikrlarimiz isbotidir. Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Tolli” hududiy bo‘limining ham yangi binosining foydalanishga topshirilishi ham ayni yo‘nalishdagi ishlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin.
Maqtanarli jihati, qolaversa, tuman ahlini quvontiradigan jihati, ushbu “Tolli” bo‘limi 10 o‘rin bolalar bo‘limi, 15 o‘rin tug‘ruq, umumiy hisobda 25 o‘ringa mo‘ljallangan. Qishloq ahli uchun shunday ko‘rkam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan binoning foydalanishga topshirilishi bugun tolliliklarning uzog‘ini yaqin, muammosini hududning o‘zida hal etilishiga, dardiga malham bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bu yerdagi malakali shifokorlarning-da maqsadi bitta — kasalliklarni joylarda barvaqt aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini keng joriy etishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun