Kutilganidan-da yuqori natija

Date:

G‘alla o‘rim-yig‘imi avj pallada ketayotgan hozirgi kunlarda har bir soat, har bir kun hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish muhim sanaladi. Shu sabab tuman hokimi Abdurashid Ismailov hududlarni o‘rganish davomida o‘rim-yig‘im jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratib, bu borada mas’ullarga muhim vazifalarni belgilab bermoqda.
Hozirda pishib yetilgan g‘alla hosilini yuqori unumdor kombaynlar yordamida qisqa fursatlarda o‘rib-yanchib olib, qabul maskanlariga yetkazish maqsadida tumanning barcha hududlarida sifatli texnika va ishchi kuchi jalb etilgan. Tuman hokimi “Navbahor” hududidagi “Gulnoza Sanjar” fermer xo‘jaligining 38 gektarli g‘alla maydonida bo‘ldi. Ushbu fermer xo‘jaligida ham g‘alladan kutilganidan ortiq hosildorlikka erishildi.
Hozirda dehqonlarimiz gektaridan 100 sentnerdan g‘alla olishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun