Fransuzlar Surxondaryoda…

Date:

Surxondaryo viloyatining xushmanzara Boysun va Sariosiyo tumanlarida Fransiyaning “MND” kompaniyasi dor va kanat yo‘li quradigan bo‘ldi. Kompaniya dor va kanat yo‘li, osma ko‘priklar qurishda boy tajribaga ega. Dunyoning turli mintaqalarida ana shunday loyihalarni amalga oshirgani esa e’tirof etarli.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kompaniyaning Osiyo, Turkiya va Bolqon mintaqalari bo‘yicha koordinatori Orxan Shirinni qabul qildi. Tomonlar vohaning go‘zal tabiat manzaralariga boy tog‘li hududlarning ekoturizm salohiyati, ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, turizm yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan loyihalar xususida atroflicha suhbatlashdilar.
Mehmonlar viloyatning Sariosiyo va Boysun tumanlari tog‘li hududlarida dor va kanat yo‘li qurish taklifi bilan chiqdilar va bu bo‘yicha taqdimot qilindi. Uchrashuvda taklif etilgan loyihalarni mutaxassislar ishtirokida joyiga borgan holda o‘rganish, texnik va iqtisodiy tomonlarini pishiq-puxta ishlab chiqishga kelishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun