“TOG‘ TURIZMI”: VILOYAT BOSQICHI

Date:

Surxondaryo viloyatida “Tog‘ turizmi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning nomiyoq inson tasavvurlariga erk berib, so‘lim tabiat qo‘yni, osmono‘par tog‘lar qo‘ynida ekstremal hissiyotlarni beruvchi mashg‘ulotlarni eslatib yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Sherobod tumanidagi Ko‘hitang tog‘ bag‘rida ‘“Tog‘ turizmi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqich bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar bor mahoratlarini ishga solib, o‘zlrining nechog‘lik chapdast, chaqqon ekanliklarini namoyon etdilar. Maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari Alibek Maxmudov, Hojiakbar Rahimberdiyev hamda Ozodbek Rustamovlar faol ishtirok etib, g‘oliblar safida bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun