Milliylikni tarannum etib…

Date:

Yoshlarga milliylikni o‘rgatish, qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash uchun eng avvalo, harakatni ularning bola yoshidan boshlash lozim. Bola nima o‘ynayapti, nima tomosha qilyapti — ayni jihatlarga e’tibor qarataylik.
Birinchi o‘yinchog‘i Barbi qo‘g‘irchoqlari, sovuq qurollar emas, milliy ertak qahramonlarimiz bo‘lishi kerak. Qolaversa, bu qo‘g‘irchoqlarning usti-boshi yengil-yelpi, ochiq-sochiq emas, atlas-u adrasdagi milliy liboslarda bo‘lsa, nur ustiga nur. Ana shundagina qizlarimiz zamonaviylikni ommaviy madaniyat darajasiga ko‘tarmasdan milliylikni o‘zlariga zeb bilishadi.
Bolajonlarni milliy ruhda tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda Sho‘rchi tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan oddiy qog‘oz, yog‘och, mato va bo‘yoqlardan foydalanib yasagan bejirim qo‘g‘irchoqlar o‘rin olgan. Ular nafaqat bola uchun ovunchoq, balki tarbiya vositasidir. U orqali bola milliy an’analarni, millatga xos qadriyatlarni his etadi, kerak bo‘lsa, o‘rganadi ham.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun