Xorazm bo‘ylab sayohat

Date:

Yozgi ta’tilning boshlanishi nafaqat o‘quvchi-yoshlar, balki ustoz-murabbiylar uchun ajoyib boshlandi. Yil bo‘yi qilingan mehnat-u harakatlarning charchog‘ini chiqarish uchun Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan sayohat tashkil etildi.
Sayohatchilar azim va ko‘hna Xiva shahriga yo‘l oldilar. Manzilda esa Ichan-Qal’a va Dishan Qal’a ko‘chalarini aylanib, ola-olam taassurotlar oldilar. Shuningdek, Said – Allauddin maqbarasi, Kalta-Minor, Muhammad Aminxon madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va madrasasi (XIII–XIX asrlar), Pahlavon Mahmud madrasa (XVII–XIX asrlar)larida ham ziyorat, ham sayohat qilindi. Har bir ziyoratgohning tarixi bilan tanishuv esa barchaning qiziqishini oshirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, sayohatchilar mahalliy aholining milliy an’analari, madaniyati va san’atidan bahramand bo‘lib, bir olam zavq olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun