Surxondaryodagi shahar qoldiqlari ikki ming yillik tarixga ega

Date:

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyatida arxeologik tadqiqotlar olib borilayotganidan xabaringiz bor. O‘rganishlar, arxeologik qazishma ishlari esa tarixni ochiqlab, ochilmagan sirlarni oshkor etadi. Tarix zarvaraqlarini yangidan yangi ma’lumotlar, faktlar va nodir eksponatlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Bu safar ham olimlarning izlanishlari besamar ketmadi. Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.
Izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II — eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.
Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun